phone_in_talk

Murojaat uchun

+998 73 244 40 00

Biz haqimizda

«FORTUNA BIZNES mikromoliya tashkiloti» mas’uliyati cheklangan Jamiyati 2016 yilda davlat ro‘yhatidan o‘tgan va Markaziy Bank tomonidan berilgan 2018 yil 18 avgustdagi №50-raqamli litsenziyaga asosan 2018 yilda Farg‘ona shahrida faoliyat boshlagan. Jamiyat ta’sischilari O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslardan iborat. « FORTUNA BIZNES mikromoliya tashkiloti» mas’uliyati cheklangan Jamiyati 2018 yildan buyon Mikromoliya Institutlari Milliy Assotsiatsiya (NAMI) a’zosidir. « FORTUNA BIZNES mikromoliya tashkiloti» mas’uliyati cheklangan Jamiyati 5 yillik faoliyati davomida mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohasida yuqori ko’rsatkichlarga erishdi:

8 1 8 5
K+

Mikromoliya xizmatlari ko'rsatilgan mijozlar

Branches

8 3 8 5
+

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha filiallar

8 2 8 0
+

Yuqori malakali xodimlar

8 5 8 0 8 0
Trln+

Jami kredit portfeli

Missiya, strategik maqsad va qadriyatlar

Missiya – Mikromoliya tashkiloti sifatida yuqori sifatli va ommabob moliyaviy xizmatlarini taklif qilish orqali mijozlarning talablarini maksimal darajada qondirish va mijozlar uchun eng yaxshi moliyaviy hamkor bo’lish.

 

Strategik maqsad

  • Moliyaviy xizmatlarga talab mavjud bo’lgan barcha qishloq hududidagi mijozlarimizga o’z xizmatlarimizni tezkor tarzda, qulay sharoitlarda taqdim qilish uchun 2024 yil yakuniga qadar mamlakatimizning har bir mintaqasida o’z filiallarimizni ochish;
  • Doimiy ravishda innovatsiyalarni o’z faoliyatimizga joriy qilish orqali Mikromoliya tashkilotining bozordagi mavqeyini mustahkamlash;
  • Aktivlar foydalilik ko’rsatkichini 30%dan kam bo’lmasligini ta’minlash orqali investorlar uchun jozibador biznesga aylanish.

 

Bizning qadriyatlar:

  • shaffoflik
  • mijozlarga e’tibor
  • professionallik va tezkorlik
  • innovatsiya va ishonchlilik
  • jamoaviy ish

Korporativ boshqaruv tuzilmasi

Kuzatuv kengashi

Avatar

Mutaxasisligi – iqtisodchi (Toshkent iqtisodiyot Universiteti). Bank va moliya sohasida 15 yildan ortiq ish tajribaga ega. O'zbekistondagi yetakchi mikromoliyalash bo'yicha mutaxassislardan biri. Fortuna Biznes MMT ta’sischisi

Xaydarov Axrorjon

Kuzatuv Kengashi Raisi

Avatar

Mutaxasisligi – iqtisodchi (Andijon mashinasozlik va iqtisodiyot Universiteti). Bank va moliya sohasida 22 yillik ish tajribaga ega. Yirik xalqoro moliya tashkilotlari bilan xamkorlik qilish, muzokaralar olib boorish va biznesni yuritishda ko’p yillik bilim va ko’nikmalarga ega. ATB “Hamkorbank” Tashqi iqtisodiy faoliyat department direktori

Xan Aleksandr

Kuzatuv Kengashi A'zosi

Avatar

Mutaxasisligi – iqtisodchi (Farg’ona Politexnika Instituti). Moliya sohasida 17 yildan ortiq ish tajribaga ega. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini tashkil etish, boshqaruv tizimlarini joriy etish va takomillashtirish bo’yicha yuqori darajada bilim va ko’nikmaga ega.

Ismailov Qodirjon

Kuzatuv Kengashi A'zosi

Avatar

Mutaxasisligi – iqtisodchi (Qirgiz respublikasi Prezidenti huzuridagi ). Bank va moliya sohasida 15 yillik ish tajribasiga ega. AV Frontiers , 8 yil Bank of ASIA bankida kreditlash jarayonlarini boshqarish va nazorat qilish bo’yicha, AV Frontiers mikromoliya kompaniyasi

Abduraxmonov Farxad

Mustaqil Kuzatuv Kengashi A'zosi

Boshqaruv

Avatar

Mutaxasisligi – iqtisodchi (Andijon mashinasozlik va iqtisodiyot Instituti). Bank va moliya sohasida 23 yillik ish tajribasiga ega. Qishloq xo’jaligi sohasini kreditlash bo’yicha 5 yillik ish tajribasiga hamda lizing tashkilotlari, mikramoliya tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, boshqarish bo’yicha 17 yillik malakaga ega. O'zbekistondagi yetakchi mikromoliyalash mutaxassislaridan biri.

Maxmudov Ulug’bek

Ijrochi direktor

Avatar

Mutaxasisligi – iqtisodiyotda informatsion tizimlar (Andijon mashinasozlik va iqtisodiyot Universiteti). Bank va moliya sohasida 18 yillik ish tajribasiga ega. Mikromoliya tashkilotlarida likvidlikni boshqarish, aktivlar daromadligini oshirish uchun strategik loyihalar ishlab chiqish va g’aznachilik bo’yicha ko’p yillik bilim va ko’nikmlarga ega.

Jalilov Akmaljon

Ijrochi direktor o'rinbosari (Moliya)

Avatar

Mutaxasisligi – menejment (Farg’ona Politexnika Instituti). Bank va moliya sohasida 15 yillik ish tajribasiga ega. Bank moliya soxasida uzoq muddatli rahbarlik ko’nikmasiga ega. Muammoli aktivlar bilan ishlash boyicha jarayonlarni tashkil etish va nazoratni amalga oshirish bo’yicha malakali mutaxassis.

Xasanov Nodirbek

Ijrochi direktor o'rinbosari (Monitoring)

Avatar

Mutaxasisligi – Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (Toshkent Islom Universiteti). Bank va moliya sohasida xalqaro moliya institutlari bilan ishlash yo’nalishida 6 yillik ish tajribasiga ega. Xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borish, ma’lumotlar tayyorlash bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega.

Mamatazizov Elyorbek

Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash departamenti direktori

Avatar

Mutaxasisligi – Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti). Bank va moliya sohasida 8 yillik, 4 yil kreditlash yo’nalsihida, 1 yil buxgalteriya yo’nalishida, 3 yil moliyaviy va kredit xatarlarini boshqarish yo’nalsihida ish tajribasiga ega.

Sheraliyev Bobirbek

Tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti direktori

Avatar

Mutaxassisligi – Marketing (tarmoqlar va sektorlar bo‘yicha) (Toshkent iqtisodiyot universiteti). Bank va moliya sohasida 11 yildan ortiq tajribaga ega.

No’monov Nodirbek

Ijrochi direktor o'rinbosari (Biznes)

Ochiq ma'lumotlar

Litsenziya: Yuklab olish

Moliyaviy hisobot 2019: Yuklab olish

Moliyaviy hisobot 2020: Yuklab olish

Moliyaviy hisobot 2021: Yuklab olish

Moliyaviy hisobot 2022: Yuklab olish

Moliyaviy hisobot 2023: Yuklab olish